“Chiqindilarga qarshi kurashamiz” mavzusidagi seminar-trening
ecosem1.jpg
ecosem4.jpg

15-17 aprel kunlari Andijonda resurs markazi kungillisi Ergashev Bahromjon tomonidan 20 nafar talaba va Kamolot yetakchilari uchun ekoseminar o'tkazildi.
15. Aprel: Seminar-treningga jami 20 ta qatnashchi tashrif buyurdi va kun davomida juda aktiv ishtirok etdilar. Seminarning 1-kunida barcha ishtirokchilar atrof-muhitga chiqindilarning zararli tomonlari, chiqindilarning yig’ish, saralash, qayta ishlash masalalari va shu kabi turdosh mavzular bilan noan’anaviy uslublar yordamida tanishib, o’z bilim saviyalarini oshirdilar. Shunigdek, mazkur kunda seminar mavzusi bo’yicha mutahasis Olga Akhundjanova o’zining olib kelgan qiziqarli materiallari qatnashchilarning yanada faollashuviga o’zining katta hissasini qo’shdi.

16. Aprel: Mazkur kunda ishtirokchilar aksariyat amaliy mashg’ulotlar bilan shug’ullandilar. Asosiy e’tibor qatnashcilarning atrof-muhitni musaffoligini saqlashda “multipikator” sifatida rolini oshirishga qaratildi. Va qatnashchilar “ekologiya” ni saqlashga oid muammolarni turli o’yinlar, teatr ko’rinishida aks ettirdilar. Va shuningdek, mazkur kuni ishtirokchilar ushbu loyihani qo’llab-quvvatlagan tashkilotlar bilan tanishdilar. Kun yakunida, ishtirokchilar turli hil chiqindilar, jumladan polietilan qutilar, jurnal-gazetalar va h.k. dan sovg’alar tayyorlash uchun tayyorgarlik ko’rdilar. Bundan tashqari, mazkur kunda qatnashchilarga BMT Rivojlantirish dasturi tomonidan taqdim etilgan “futbolka”lar qiziqarli o’yin shaklida tarqatildi.

17. Aprel: Tushlikka qadar Andijon shahri maktablari, istirohat bog’lari va ko’chalari, mahallalarida atrof-muhitni chiqindilardan tozalash, chiqindilar oz ishlab chiqarish va insonlarni “ekologiya” musaffoligini saqlashga e’tiborlarini oshirish maqsadida “aksiya” amalga oshirildi va bunda yo’lovchi, o’quvchilarga chiqindilardan yasalgan sovg’alar taqdim etildi. Hamda tushlikdan so’ng o’rmonga “piknik” qilish maqsadida jo’nab ketildi. O’rmonda “aksiya” natijalari muhokama qilindi, muammolar bahs ostiga olindi. Va shunchaki uch kunlik qattiq mehnatdan keyin ishtirokchilar dam olishdi 
Va yakunda ishtirokchilarga guvohnomalar taqdim etildi. Va andijon shahrida “Ekoklub” tuzish uchun kelishib olindi.

Loyihani qo’llab quvvatlagan tahskilotlar:
► BMT Rivojlantirish Dasturi Resurs Markazi
► Teodor-Heuss-Kollegiyasi(THK)
► Kamolot Yo. I. H.
► O’zbekiston Ekologik Harakati Andijon Viloyat Kengashi

Ommaviy ahborot vositalari: Loyiha andijon viloyat televideniyalari(“ATV”, “Taraqqiyot”) orqali namoyish etildi va bevosita vodiy aholisi ushbu seminar-trening haqida ma’lumotga ega bo’ldilar.

Natija: Andijon shahri “Yoshlar Markazi” da “Ekoklub” tashkil etildi. Ushbu “ekoklub” ga barcha “ekologoya” ni saqlashga intilovchilar a’zo bo’lishi mumkin. “Ekoklub” a’zolari turli o’quv dargohlarida seminar-treninglar olib boradilar va “multiplikator” vazifasini bajaradilar.

ecosem2.jpg
ecosem3.jpg
Unless otherwise stated, the content of this page is licensed under Creative Commons Attribution-ShareAlike 3.0 License